Firefox

Ona tilingizda foydalanish uchun Firefox brauzeriʼni kerakli versiyasini tanlang

Har bir inson internetdan foydalanish huquqiga ega — ona tilingiz bunga aslo toʻsiq boʻlmasligi kerak. Aynan shu sababli, butun dunyodagi fidoyi koʻngillilar koʻmagi yordamida biz Firefox brauzerini 90 dan ortiq tillarda taqdim etmoqdamiz.

Brauzer

Firefox Nightly Tahrirlash

Platforma

Oʻrnatkichlar haqida batafsil

  • 64 bit oʻrnatkichlar

    64 razryadlik protsessorli kompyuterlar uchun 64 bitlik oʻrnatkichni tanlang. Bu ayrim dasturlar uchun koʻproq operativ xotira ajratadi. Aynan turli kuchli ilova va oʻyinlar uchun juda muhim.

  • 32 bit oʻrnatkich

    32 bit razryadli protsessorli yoki eski va kuchsiz kompyuterlar uchun 32 bitlik oʻrnatkichni tanlang. 64 yoki 32 bitlik oʻrnatkichdan birini tanlashga ikkilanayotgan boʻlsangiz, 32 bitlikni tanlashni tavsiya qilamiz.

  • MSI oʻrnatkichlar

    AKTga asoslangan korporativ kompaniylar uchun Windows oʻrnatkichlari Firefox brauzeri bilan boshqarish va sozlashni osonlashtiradi.

  • ARM64/AArch64 oʻrnatkichlari

    Windows va Linux kompyuterlariga optimallashtirilgan ARM64/AArch64 oʻrnatkichlar.

  • Microsoft Store

    Ushbu havola orqali Microsoft Store’dagi Firefox sahifasiga o‘tasiz. Agar kompyuteringizda Windows 10 yoki 11 oʻrnatilgan boʻlsa, ushbu sahifa orqali Microsoft Store ilovasiga oʻtib Firefoxʼni oʻrnatishingiz mumkin boʻladi. Bunda Firefox yangilanishlari ham Microsoft Store orqali avtomatik amalga oshiriladi. Microsoft Storeʼdan oʻrnatilgan versiyaning ishlashida va imkoniyatlarida biroz farqlar boʻlishi mumkin, ammo aksariyat foydalanuvchilar buni sezishmaydi.

Til

Yuklab olish